GIROMAGNITHODISA

GIROMAGNITHODISA, magnitomexanik hodisa — jism va moddalarning magnit xossali zarralari magnit va mexanik momentlarining oʻzaro bogʻliqligi natijasida sodir boʻladigan hodisa. Harakat miqdori momenti (impuls momenti)ga ega boʻlgan qar qanday zarra (elektron, proton, neytron, yadro, atom) magnit momentita ega boʻladi. Shu sababli, jiyemni tashkil qiluvchi zarralarning umumiy harakat miqdori momenti oʻzgarishi bilan jiyemning magnit momenti oʻzgaradi (mexanikmagnit hodisa) va aksincha, jism magnitlanganda jiyemning mexanik momenti oʻzgaradi (magnitmexanik hodisa): mas, solenoiddan tok oʻtkazilganda solenoid ichidagi temir oʻzak buriladi (magnit-mexanik hodisa — Eynshteyn — de Xaaz effekti, 1915-y.) yoki, aksincha, temir oʻzak aylantirilganda oʻzak (solenoid ham) magnitlanadi (mexanikmagnit hodisa — Barnett effekti, 1909-y.). G. h. modda atomining magnit momentini uning impuls momentiga nisbati — giromagnit (magnitmexanik) nisbatni aniqlashga va moddaning xossalarini tushuntirib berishga imkon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x