GIPOSPADIYA

GIPOSPADIYA (yun. hypospao — pastga tortaman) — tugʻma norasolik. Siydik chiqarish kanali ostining yoriq boʻlishi, shu sohaning quyi Femida homila shakllanayotgan davrda buzilish roʻy berishi, siydik chikarish kanali (uretra)ning takomillashmay qolishi. Bunda uretraning tashqi teshigi olat boshiga emas, balki olat tagiga, yorgʻoqqa yoki oraliqqa ochilgan boʻladi, siydik ana shu teshikdan chiqadi. Bu teshikdan to olat boshi oraligʻigacha boʻlgan xorda tortmoqlari olatni vergulsimon yoki oʻroqsimon shaklda tutib turadi va bu holat bola oʻsgan sayin kuchayaveradi. Gipospadiya bolaning 6 oylik paytidan boshlab jarrohlik yoʻli bilan bartaraf etiladi. Aks holda bola (jimojinsiy aloqa)ga yaroqsiz boʻlib qoladi, bepushtlikka olib keladi. Operatsiya qancha barvaqt qilinsa, shuncha yaxshi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x