GIPODERMA

GIPODERMA (gipo… va yun. derma — teri) — 1) umurtqasiz hayvonlarda yirik epitelial hujayralardan tashkil topgan tana devorining bir qismi. Toʻgarak chuvalchanglar G. si tashqi kutikula bilan ichki muskul qavatlari oraligʻida joylashgan. Boʻgʻimoyoqlilarda Gipoderma bir qavat teri epidermisidan iborat boʻlib, tana sirtida xitin kutikula hosil qiladi. Oʻrgimchaksimonlarning zahar, toʻr va hidli suyuklik ishlab chiqaradigan bezlari ham Gipodermadan hosil boʻlgan;

2) koʻpchilik yuksak oʻsimliklar organlarining qoplovchi toʻqimalari ostida joylashgan hujayralarning bir yoki bir necha qavati. Oʻsimliklar Gipodermasida suv yigʻilib turadi; baʼzi oʻsimliklar Gipodermasi tayanch va himoya funksiyasini bajaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x