GILBERT (Gilbert) Uolter (1932.21.3, Boston) — amerikalik biokimyogar. Amerika sanʼat va fan akademiyalari aʼzosi (1968-y. dan). Falsafa dri (1957), Garvard un-ti prof. (1968-y. dan). Ishlari biokimyo va molekulyar biologiyaga taalluqli. Qator DNKlarning birlamchi tuzilishini aniqlagan. A. Meksem b-n hamkorlikda DNKning birlamchi tuzilishini aniqlash uchun qulay usullardan birini tavsiya qilgan (1977). Nobel mukofoti laureata (1980, F. Senger bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые