BOYOVUT TUMANI

BOYOVUT TUMANISirdaryo viloyatidagi tuman. 1955-y. 19 apr. da Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960-y. da Yangiyer tumaniga qoʻshilgan. 1963-y. Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani Sirdaryo viloyatining sharqida joylashgan. Sharqda Toshkent viloyatining Bekobod tumani, jan. gʻarbda Xovos tumani, shim. da Guliston tumani, garbda Mirzaobod tumani va jan. da Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,435 ming km2. Aholisi 80,2 ming kishi (1999). Boyovut tumanida 1 shaharcha (Boyovut) va I qishloq fuqarolari yigʻini (Boyovut, Dehqonobod, Darvozaqir, Doʻstlik, Laylakkoʻl, Madaniyat, Mingchinor, Olmazor, Tinchlik, Usmonobod, Gʻallakor) bor. Markazi — Boyovut shaharchasi.

Tabiati. Boyovut tumani Mirzachoʻl dashtining jan. da joylashgan. Relyefi tekislik boʻlib, yer yuzasi allyuvial yotqiziqlar b-n qoplangan. Iqlimi kontinental iqlim. Iyulning oʻrtacha t-rasi 26—28», yanv. niki —2°, —4°. Yiliga oʻrtacha 200 — 300 mm yogʻin tushadi. Tuman hududida Bekobod shamolining taʼsiri kuchli. Tuman hududidan Jan. Mirzachoʻl kanali va Toshkent viloyati Bekobod tumani chegarasidan «Doʻstlik» kanali oʻtgan. Grunt suvlari shoʻr va shoʻrtob. Tuproqlari lyoss ustida vujudga kelgan har xil boʻz tuproqlar. Koʻp yerlarini shoʻr bosgan. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, quyon, sudraluvchilardan turli xil ilonlar, suvda va qurukda yashovchilardan choʻl qurbaqasi uchraydi. Sultonhovuz koʻlidan baliq ovlanadi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; rus, tojik, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 161 kishi toʻfi keladi. Shaharliklar 13,8 ming kishi, qishloq aholisi 66,4 ming kishi (1999).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik va gʻallakorlik. Tuman markazidagi mahalliy sanoat korxonasida xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqariladi. 2 paxta tozalash, gʻisht va non z-dlari bor. Tumanda 39 kichik va xususiy korxona, 250 oʻrta biznes bilan shugʻullanuvchi korxona, 2 avtokorxona. aloqa boʻlimi faoliyat koʻrsatadi (1999).

Q. xda sugʻoriladigan yerlar 29,7 ming ga, ekinzorlar 29,2 ming ga, shu jumladan 16,7 ming ga yerga paxta, 126 ga yerga sabzavot, 11,7 ming ga yerga donli ekinlar, 787 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. Boyovut tumanida 10 shirkatlar uyushmasi, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 2 dehqonfermer xoʻjaligi birlashmasi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 21,7 ming qoramol, 18,8 ming qoʻy va echki, 25,6 ming parranda, 688 ot boqiladi (1999).

1999/2000 oʻquv yilida 45 umumiy taʼlim maktabida 20328 oʻquvchi, 1 litseyda 185 oʻquvchi, 2 hunar litseyida 918 oʻquvchi taʼlim oldi. Sanʼat maktabi, 33 kutubxona, 18 klub, 12 qishloq madaniyat uyi, 2 avtoklub, 7 badiiy havaskorlik jamoasi, muzey bor. 280 oʻrinli kasalxona va dispanser, 35 tibbiy punkt boʻlib, ularda 107 vrach, 950 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1966-y. dan «Istiqbol» tuman gaz. chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x