GILAMCHILIK SANOATI

GILAMCHILIK SANOATI — tabiiy (hayvon juni, oʻsimlik tolasi) va sunʼiy toladan turli xildagi gilamlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmogʻi. Gilamchilik badiiy hunarmandlik sohasi sifatida turli davlatlarda oʻziga xos shaklda rivojlanib kelgan (q. Gilamchilik). Sanoat tarmogʻi sifatida 20-a. da shakllandi. Bu davrga kelib gilam toʻqiydigan maxsus artellar paydo boʻldi, uni qoʻlda toʻqishdan asta-sekin mashinada toʻqishga oʻtila bordi. Oʻzbekistonda 1978-y. da Xiva gilam toʻqish k-ti tashkil etilishi bilan Gilamchilik sanoati mahalliy sanoatning muhim tarmogʻiga aylandi. Keyinchalik gilam toʻqiydigan korxonalar sonining ortib borishi natijasida Gilamchilik sanoati alohida sanoat tarmogʻi sifatida ajralib chiqdi. Gilam toʻqish ayniqsa mahalliy sanoatdagi eng rivojlangan tarmoqdardan biri hisoblanadi. Buxoro, Shahrisabz, Urgut, Nurota, Bulungʻur va b. shaharlardagi korxonalarda qoʻlda toʻqilgan gilam va paloslarda mahalliy uslub va badiiy usullar saqlanib kelmoqda. Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, xalqaro aloqalarning mustahkamlanib borishi b-n G. s. korxonalariga chet mamlakatlar (Angliya, Polsha, Turkiya, Germaniya va b.) yirik firmalarining zamonaviy texnologiyalari va asbob-uskunalari keltirib oʻrnatildi, shuningdek, qoʻshma korxonalar tashkil etildi (mas, «Xiva gilami» aksiyadorlik jamiyati). Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportga chiqarilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x