GIGROMA

GIGROMA (gigro… yun. ota — toʻplanish) — boʻgʻim oldi yoki sinovial xaltacha (payni qoplovchi parda)larda suyuqlik toʻplanishi; bunday xaltachalar aksari tirsak va tizza boʻgʻimlari atrofida paylar yepishadigan joyning ustida boʻladi. Gigroma surunkali kechadigan bursit yoki tendovaginit asorati hisoblanib, qoʻl yoki oyoqning doimo urilib yoki ishqalanib turadigan qismlarida paydo boʻladi. Gigroma sharsimon shaklda boʻlib, astasekin kattalasha boradi, baʼzan tovuq tuxumidek keladi. Vaqtida davolanmasa yiringlashi yoki yorilishi mumkin. Gigromaning soʻrilib ketishiga qaratilgan doridarmonlar va fizioterapevtik muolajalar buyuriladi, bular yordam bermasa, jarrohpik usuli bilan olib tashlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x