GIDROTSELE

GIDROTSELE (gidro… va yun. kele — shish) , moyak istisqosiurugʻdon bilan qin pardasi orasiga suyuklik yigʻilishi. U tugʻma boʻlishi yoki moyak va ortigʻining turli yalligʻlanish kasalliklarida, ularga shikast yetganida vujudga kelishi mumkin. Tugʻma va orttirilgan, bir yoki ikki tomonlama, oʻtkir yo surunkali xillari bor. Suyuklik urugʻdon atrofiga asta-sekin yigʻilib, kattalashaveradi. Taranglashgan xilida yorgʻoqning oʻng yoki chap tarafida qattiq oʻsmasimon tuzilma aniqlanadi, taranglashmaganida esa u ancha elastik boʻladi. Tutashgan shaklida bemor yetganida tuzilma ancha kichrayadi, tutashmagan xilida esa oʻlchamlari bir xil turaveradi. Taranglashgan xilini tezroq operatsiya qilish lozim. Gidrotseleni vaqtida jarrohlik yoʻli bilan bartaraf etilmasa, urugʻdon atrofiyaga uchrab, bepushtlikka olib kelishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x