GIDROSTAT

GIDROSTAT (gidro… va yun. statos — qoʻzgʻalmas) — suv ostida tadqiqotlar olib borish va suv osti ishlarini bajarish uchun moʻljallangan apparat. G. alyuminiymagniy qotishmalari, shisha-plastika va b. materiallardan shar yoki silindr shaklida yasaladigan kamera. Suv ostini kuzatish qurilmalari, havoni regeneratsiyalash tizimi, yoritqichlar, i. t. asboblari, kino-fotoapparatlar, elektr uzatishli liniyalari, kabel aloqalari b-n jihozlanadi. U sim arqon (tros) bilan kemadan suv ostiga tushiriladi. Kamera ichida 1—3 operator ishlaydi. Gidrostatni 300 m gacha suv ostiga tushirish mumkin (yana q. Batiskaf).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x