GIDROGENLASH

GIDROGENLASH (hydrogenium — vodorod) — oddiy moddalar (kimyoviy elementlar)ga yoki murakkab birikmalarga katalizatorlar ishtirokida vodorod biriktirish reaksiyasi. Kimyoviy birikmalardan vodorodni ajratish — degidrogenlash esa Gidrogenlashning aks reaksiyasidir. Gidrogenlash va degidrogenlash organik moddalarni katalizatorlar ishtirokida sintez qilishning muhim usullari boʻlib, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Bu reaksiyalar sanoatda ulkan reaktorlarda olib boriladi. Yogʻlar va kumirni Gidrogenlash shular jumlasiga kiradi. Boshqa qator reaksiyalarda Gidrogenlash va degidrogenlash reaksiyalari mujassamlashgan holda amalga oshiriladi. Etil spirtning katalizatorlar ishtirokida atsetaldegidga aylanishidan iborat qaytar reaksiya bunga misol boʻla oladi.

T-ra koʻtarilganda va N2 bosimi pasayganda atsetaldegid, aks holda etil spirti hosil boʻladi. Gidrogenlash va degidrogenlashda baʼzi metallar (Fe, Ni, Co, Pt, Os va h. k.), oksidlar (NiO, CoO, Sg2O3, MoO2 va h. k.), shuningdek sulfidlar (WS2, MoS2, CrnSm) katalizatorlar boʻlib xizmat qiladi.

Gidrogenlash va degidrogenlash sanoatda keng qoʻllaniladi. Mac, koʻpgina kimyo korxonalariga xom ashyo boʻladigan va erituvchi hisoblanadigan metil spirt uglerod monoksidini pyx-xrom oksidlari (katalizator) ishtirokida gidrogenlab olinadi. Boshqa katalizatorlar ishlatilganda, yuqori spirtlar ham shu usul b-n olinadi. Margarin i. ch. yogʻlarni Gidrogenlashga asoslangan. Kapron, anid (naylon) va b. materiallar ishlab chiqarila boshlashi munosabati bilan oraliq mahsulotlar (fenoldan siklogeksonal, adipin kislota dinitrilidan geksametilendiamin va anilindan siklogeksilamin) olishda Gidrogenlashdan keng foydalaniladi. SO ni turli katalizatorlar ishtirokida gidrogenlab, benzin, qattiq parafinlar yoki kislorodli organik birikmalar olish mumkin. Yuqori bosim ostida azot bilan vodorodni oʻzaro taʼsir ettirib, ammiakni sintezlash ham Gidrogenlash dir. Gidrogenlash monomerlar sanoatida kauchuk va smolalarsh sintez qilishda keng qoʻllaniladi. Sintetik polimerlar i. ch. da, stirol va uning hosilalarini olishda, alkilaromatik uglevodorodlardan — etilbenzolni stirolga, izopropilbenzolni metilstirolga aylantirishda degidrogenlashning ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x