GIDROAROMATIK BIRIKMALAR

GIDROAROMATIK BIRIKMALAR, salitsiklik birikmalar — molekulasida besh yoki olti aʼzoli uglerod halqalari saqlovchi organik birikmalar. Noaromatik xossaga ega. Barcha siklik birikmalar kabi Gidroaromatik birikmalar ham bir, ikki yoki undan koʻp alohida halqali (mas, ditsiklogeksil) yoki kondensatlangan halqali (mas, dekalin) boʻladi. Gidroaromatik birikmalarning suyuklanish t-rasi, odatda, ogʻirligi unga yaqinroq boʻlgan parafin uglevodorodlarnikidan pastroq. Qaynash t-rasi, zichligi, sindirish koʻrsatkichi xuddi shuncha uglerod atomi bor parafin uglevodorodlarnikidan koʻproq va tegishli aromatik uglevodorodlarnikidan kamroq.

Gidroaromatik birikmalarning xossalari parafin uglevodorodlarning xossalariga yaqin. Gidroaromatik birikmalar oksidlansa yon zanjiri oksidlanishi hisobiga naften kislotalar hosil boʻladi yoki halqa uzilib shuncha uglerod atomiga ega ikki asosli kislota chiqadi, mas, siklogeksanni oksidlab, adipin kislota hosil qilinadi. Bu kislota naylon polimeri i. ch. ga ketadi. Besh aʼzoli Gidroaromatik birikmalar gidrogenoliz reaksiyasi orqali — parafin va izoparafin uglevodorodlargt, olti aʼzolilari esa digidrogenlanib, tegishli aromatik uglevodorodlarnk hosil qiladi. Gidroaromatik birikmalar turli tabiiy organik birikmalar, mas, efir moylari, skipidar, antibiotiklar (streptomitsin), A va D vitaminlar, alkaloidlar tarkibiga kiradi.

Gidroaromatik birikmalar yoqilgʻilar va surkov moylari sifatiga yaxshi taʼsir etuvchi komponentlardir. Ular benzinning antidetonatsion xossalariii yaxshilaydi, surkov moylari va kerosinning qotish t-rasini pasaytiradi, dizel yonilgʻilarning kaloriyasini oshiradi, sifatini yaxshilaydi. Gidroaromatik birikmalar ichida eng koʻp qoʻllaniladigani siklogeksan; u kaprolaktam, adipin kislota va sintetik tolalar i. ch. ga ketadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x