GIDRAVLIK SAKRASH

GIDRAVLIK SAKRASH — ochiq oʻzanda oqayotgan suv sathining keskin (sakrab) koʻtarilib ketish hodisasi. Odatda suv oqimini gidrotexnika inshooti (mas, toʻgʻon) teshigidan oʻtkazish paytida yuz beradi. Teshikdan bosim ostida zarb bilan toʻlqinlanib chiqayotgan suv tinch oqish holatiga oʻtayotganda kuzatiladi. Dastlab suv sirtida paydo boʻlgan oʻrkachlar ichida havoga toʻyingan suv murakkab aylanma harakatda boʻladi, suv sathi keskin koʻtarilib ketadi. Keyin suv bir oz tinchlanib, meʼyoriy satxda oqa boshlaydi. Gidravlik sakrash tufayli oʻzan qirgʻoqlari yuvilishi va oʻpirilishi mumkin. Gidravlik sakrash nazariyasini gidravlika fani oʻrganadi. Gidravlik sakrash era doir nazariy maʼlumotlar gidrotexnika inshootlarini loyihalashda asqotadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x