GIBRALTAR

GIBRALTAR (arab. Jabal atToriq — Toriq togʻi) — Buyuk Britaniyaning Pirenei ya. o. janubidagi mulki, qoyali yarim orol va qumli boʻyinni egallaydi. Mayd. 5,5 km2. Aholisi 27 ming kishi (1997). Neytral zona (kengligi 500 m) Gibraltarni Ispaniyaning Lalinea sh. dan ajratib turadi. Gibraltar qadimda yunon va rimliklarga Kalpe nomi bilan maʼlum edi. 711-y. arab lashkarboshisi Toriq ibn Sayd qoʻshin bilan boʻgozdan oʻtib, shu qoyaga istehkom qurgan. Gibraltarni 1309—33 y. larda va 1462-y. dan Ispaniya, 1704-y. dan Angliya egalladi. Gibraltarni ingliz gubernatori boshqaradi. 1968-y. da Angliya bilan Ispaniya oʻrtasida Gibraltarni Ispaniyaga qaytarish toʻgʻrisida muzokaralar boʻlib oʻtgan, ammo har ikki tomon ham bir natijaga erishmagan. 1980-y. da boʻlib oʻtgan qayta muzokaralar (1985-y. dan kuchga kirdi) natijasida gibraltarliklar va ispanlar bir-birlarining hududlariga bemalol oʻta olish huquqiga ega boʻldilar.

Gibraltarning yer yuzasi ohaktoshlardan tuzilgan, karst togʻlari bor. Sharkiy va shim. yon bagʻri tik. Koʻplab turistlar keladi. Xoʻjaligi Buyuk Britaniyaning harbiy dengiz va havo bazalariga, chet el turistlariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq. Yengil va oziq-ovqat sanoati va kema taʼmirlash korxonalari bor. Q. x. mahsulotlari yetishtirilmaydi. Importining 1/4 oziq-ovqat mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Gibraltar ochiq port, kuniga 200 kema kiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x