GIBBS

GIBBS (Gibbs) Jozayya Uillard (1839.11.2 – Nyu-Xeyven — 1903.28.4) — amerikalik nazariyotchi-fizik, termodinamika va statistik mexanika asoschilaridan biri. Termodinamik jarayonlarni geometrik tushuntirish usulini ishlab chiqqan. Termodinamik potensial usulini ishlatishni birinchi boʻlib boshlab bergan. Termodinamik potensiallarni molekulyar-kinetik nazariyaga asosan tushunish imkoniyatini beradigan statistik mexanikani vujudga keltirgan. Gibbs yaratgan termodinamik sistemalar muvozanati nazariyasi — Gibss fazalar qoidasini keltirib chiqardi. U bir qancha tenglamalar (G. — Gelmgols, Gibbs — Dyugem, Gibbsning adsorbsion tenglamasi) ni ishlab chiqqan. Statistik fizikaning asosiy qonuni — G. taqsimotini kashf etgan. Yorugʻlikning mexanik va elektromagnit nazariyalari masalalari bilan ham shugʻullangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x