GESSEN

GESSENGermaniya yeri. Gessenning katta qismi Oʻrta Germaniya togʻlarida, oz qismi Mayn-Reyn pasttekisligida joylashgan. Mayd. 21,1 mingkm2. Molisi 5,84 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Bosh shahri — Visbaden.

8—9-a. larda graflik boʻlgan. 13-a. oxiridan Germaniya knyazligi hududi. 1567-y. da 2 ta: Gessen-Kassel (1866-y. dan Prussiya qoʻshib olgan) va Gessendarmshtadt (1866-y. dan — Buyuk gersoglik, 1918-y. dan — Veymar respublikasi tarkibidagi yer) knyazligiga boʻlingan. 1945-y. da Amerika va Fransiya okkupatsiya zonasida boʻlgan. 1949-y. dan Germaniya yeri.

Iqlimi moʻtadil. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0-2°, iyulniki 18—20°. Keng bargli oʻrmonlar (hududining 40%) oʻsadi. Qoʻngʻir koʻmir qazib chiqariladi. G. Germaniyada chiqariladigan kaliy tuzlarining 1/3 qismini beradi. Qora metallurgiya va metall buyumlar quyish sanoati rivojlangan. Yirik kimyo sanoati korxonalari (Frankfurtmayn, Xyoxst, Visbaden sh. larida) bor. Umumiy mashinasozlik, ayniksa, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati rivojlangan. Koʻnchilik va rezina, anik, mexanika va optika buyumlari, oyna sanoati va zargarlik korxonalari bor.

Gessen hududida t. y. va avtomobil yoʻllari zich joylashgan. Reyn va Mayn daryolarida kema qatnaydi. Asosiy transport tuguni — Frankfurtmayn. Turizm G. iqtisodiyotida salmokli oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x