GESS German Ivanovich

GESS German Ivanovich [1802.26.7(7.8), Jeneva – 1850.30.11(12.12), Peterburg] — rus kimyogari, Peterburg FA akad. (1830). Peterburg togʻ-kon in-ti prof. (1832— 49). Gess kimyoviy hodisalarni issiqlik haqidagi taʼlimot nuqtayi nazaridan tekshirib, 1840-y. da termokimyoning asosiy qonuni — issiqlar yigʻindisining doimiyligi haqidagi qonunni kashf qildi (q. Gess qonuni). 1842-y. da u tuzlar eritmalari bir-biriga qoʻshilganda issiqlik ajralib chiqmasligi va yutilmasligini (termoneytrallik qoidasini) koʻrsatib berdi. Gess platinaning katalizatorlik xossalarini vodorod bilan kislorodning oʻzaro taʼsir etishi misolida batafsil oʻrgandi. Gess 4 yangi mineral topdi; mum, yogʻoch smolalar, neft pirogenez mahsulotlari va b. moddalarning kimyoviy xossalarini oʻrgandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x