GERSDORFIT

GERSDORFIT (Avstraliyadagi nikel koni egasi Gersdorf nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi NiAsS. Kub singoniyali. Kristallar va mayda donachalardan iborat. Rangi kumushsimon oq, kulrang. Yaltiroqligi metallsimon. Qattiqligi 5,5. S. of. 5,6-6,2. G. gidrotermal yertomirlarida hosil boʻladi. Kam uchraydi. G. Oʻrta Osiyoda Olmaliq, Oktepa (Qurama togʻi), Tasqazgʻan (Qizilqum) va Boʻzatov (Qoraqalpogʻiston) da maʼlum. RF (Ural togʻi), Germaniya (Gars), Marokash (Ayt-Ahmat), Avstriya va b. joylarda topilgan. Amaliy ahamiyati kam.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x