GERMAFRODITIZM

GERMAFRODITIZM, xunasalik [yun. Hermaphroditos — Germafrodit (Germes va Afrodita oʻgʻli; ikki jinsli bola)] — bir organizmda erkaklik va urgʻochilik jinsiy organlari boʻlishi. Chin (tabiiy) va soxta (anomal) xillari bor. Chin Germafroditizm hayvonlar orasida keng tarqalgan. Qorinoyoqli mollyuskalar, yassi chuvalchanglar, kamtukli halqali chuvalchanglarning deyarli barcha turlari, bir qancha boʻshliqichlilar, moʻylovoyoqli qisqichbaqasimonlar, ayrim baliqlar germafrodit boʻladi. Chin Germafroditizmda bitta organizmning oʻzida ikki xil (urgʻochilik va erkaklik) jinsiy hujayralar hosil boʻladi. Birok koʻpchilik turlarda oʻzoʻzidan urugʻlanishga monelik qiladigan, yaʼni yaqin inbridingga imkon bermaydigan mexanizmlar mavjud (mas, jinsiy hujayralarning bir vaqtda yetilmasligi, jinsiy apparatning tuzilishi urugʻ hujayrasining oʻsha organizm jinsiy organiga tushishga imkon bermasligi). Deyarli barcha xordali hayvonlar va odamda faqat soxta Germafroditizm uchraydi. Soxta Germafroditizmda muayyan jinsiy bezlar (moyak va tuxumdon) tashqi yoki ichki jinsiy organlarga mos kelmaydi. Soxta Germafroditizm tashki va ichki boʻladi. Erkaklardagi tashki soxta Germafroditizmda urugdon boʻladi-yu, lekin tashqi jinsiy organi ayollarnikiga bir qadar oʻxshab ketadi. Erkaklarning ichki soxta Germafroditizm ida tuxumdon, yetilmagan prostata bezi va urugʻ pufakchalari bilan birga bachadon naylari (urugʻ yoʻllari) ham boʻladi. Ayollar soxta Germafroditizm kam uchraydi. Bunda tuxumdon boʻladi-yu, lekin tashqi jinsiy organ va ikkilamchi jinsiy belgilar qisman erkaklarnikiga oʻxshaydi.

Soxta Germafroditizm bilan tugʻilgan bolalar jinsini aniqlash qiyin. Buning uchun zamonaviy sitogenetik usullar yordamida odamning xromosomalari tekshiriladi. Germafroditizm jarrohlik usullari va gormonal preparatlar bilan davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x