GERB

GERB (polyakcha — «herb», nem. «Erbe» — «meros» soʻzidan olingan) — bironbir mamlakat yoki hududiing siyosiy va tarixiy xarakterdagi gʻoyalari majmuasini, oʻziga xos tabiiy va xoʻjalik xususiyatlari, tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urugʻ va b. ning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. G. lar quyidagi tur va toifalarga boʻlinadi: davlat G. lari; shahar, viloyat, gubernya va b. ning Gerb lari; korporatsiya (oʻrta ayerlardagi sex, gildiya va birodarlik)larning Gerb lari; urugʻlarning Gerb lari. Gerblar rangi, shakllari, rasmlari bilan oʻzaro farqlanib, maxsus qoidalarga binoan ishlanadi va maxsus terminlar bilan tavsiflanadi. Gerb antik davrlarda paydo boʻlgan. Shumer davlatining Gerb ida sher boshli burgut, Qad. Rim davlati Gerb ida burgut tasvirlangan. Amir Temir davlatining ham Gerbi boʻlgan. Bu G. da 3 halqa tasvir etilgan boʻlib, bu Amir Temurning 3 iqlimda, yaʼni Shim., Jan. va Gʻarbda hukmron ekaniga ishoradir. Oʻrta asrlarda koʻpgina shaharlar oʻz Gerb iga ega boʻlgan. Venetsiya G. ida qanotli sher tasvir etilgan. Gʻarbiy Yevropada Gerblar urugʻ, merosxoʻrlik belgilari sifatida salb yurishlari davri (11-12-a. lar) da yuzaga kelgan. Keyinchalik bayroqlar, qogʻoz pullar, muhrlar, qogʻozlarda Gerb larning tasviri tushirila boshlandi. Gerb va ularning tarixi bilan geraldika fani shugʻullanadi (yana q. Davlat gerbi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x