GEOMETRIK YASASHLAR

GEOMETRIK YASASHLAR — geometrik figuralarni maʼlum asboblar yoki vositalar yordamida yasash haqidagi taʼlimot. G. ya. masalasi asosan toʻgʻri chiziqlar, koʻpburchaklar, aylanalar va b. ni yasashdan iborat. Bular asbob va vositalar (mas, chizgʻich, sirkul, goʻniya, bir tomonli chizgʻich va h. k.) yordamida bajariladi. Geometrik yasashlar, odatda, tekislikda va fazoda yasash usullariga boʻlinadi. Tekislikda Geometrik yasashlar bilan N. N. Lobachevskiy shugʻullangan. Fazoda Geometrik yasashlar chizma geometriya usullari bilan bogʻliq. Tekislikda ham, fazoda ham Geometrik yasashlar maʼlum aksiomalarga, boshqacha aytganda, yasalishi jihatidan juda sodda boʻlgan elementar masalalarga keltiriladi. Geometrik yasashlarning asosiy usullari: nuqtalarning geometrik oʻrnini topish, geometrik almashtirishlar, jumladan, gomotetiya usuli, oʻxshashlik usuli, algebraik usul.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x