GEOKIMYO

GEOKIMYO (geo… va kimyo) — Yerning kimyoviy tarkibi, kimyoviy elementlar va ularning barqaror izotoplarining Yer va turli geosferalarda tarqalish va bir joydan ikkinchi joyga koʻchish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. G. terminini fanga dastlab shveysariyalik kimyogar K. F. Shyonbeyn kiritgan (1838). Geokimyo 20-a. boshlanishida geol. va kimyo fanlari tutashgan joyda vujudga keddi. V. I. Vernadskiy (Rossiya), V. M. Goldshmidt (Norvegiya), A. Ye. Fersman (Rossiya) Geokimyoning asoschilari xisoblanadi. 20-a. ning 1 – yarmida oʻtkazilgan i. t. ishlari natijasida Geokimyo mustaqil fanga aylandi. Geokimyo boʻyicha birinchi yirik ilmiy axborotlar toʻplami amerikalik olim F. U. Klark tomonidan bajarilgan. Oʻrta Osiyo olimlaridan H. M. Abdullayev, O. M. Akramxoʻjayev, H. N. Boymuhamedov, I. Hamroboyev, A. S. Uklonskiy, K. I. Satpayev, S. T. Badalov va b. G. ni yanada rivojlantirdilar. Olib borilgan i. t. ishlari natijasida Geokimyoning yangi tarmoklari — kosmogeo-kimyo, radiogeokimyo, biogeokimyo, analitik Geokimyo, fizik Geokimyo, gidrogeokimyo, litosfera G. si, organik Geokimyo, litogenez G., izotoplar G. si, tabiiy jarayonlar Geokimyosi, nodir elementlar G. si va b. vujudga keldi. Geokimyoning bu sohalari foydali qazilmalarni izlashda nazariy asoslardan xisoblanadi. Geokimyo metodlari geologik metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. Geokimyo okeanshunoslik, biol., tuproqshunoslik va b. fanlarning maʼlumotlaridan keng miqyosda foydalanadi. Quyosh, Oy, yulduzlar, meteoritlar va b. sayyoralar kabi Yer ham yuzdan ortiq kimyoviy element va ularning izotoplaridan tashkil topgan. Elementlar Yerdagi jinslarda tarqalishi, ion va izotoplari xususiyati va tashqi elektron qobigʻining tuzilishiga qarab atmofil (atom holida uchrashi), siderofil (temir va temir guruhi elementlari), xalkofil (oltingugurt va margimush b-n), lofil (kislorodli), biofil (organik moddalar b-n), gidrofil (suvda eruvchan), neytral (sof holda), galogen o fi l (xlor va yod b-n) guruhlariga boʻlinadi.

Amerika olimlari Oydagi togʻ jinsida oz mikdorda Ai, Cd, Zn, Ag, Br, Bi, Te, So, Si, Ga, Pd, Rb, Cs kimyoviy elementlari borligini radiokimyoviy neytron-aktivatsiya usuli bilan aniqlashgan. Bularning tarqalish qonuniyatlari Yer kurrasining ichki va tashqi tuzilishi bilan chambarchas bogʻliq. Yer kurrasi bir necha qavat — geosferalardan iborat:

1) tashqi qavat — atmosfera;

2) gidrosfera;

3) biosfera;

4) litosfera — qattiq jinslar.

Atmosfera tarkibidagi karbonat angidridi S(02) boshqa elementlar bilan birikib, karbonat jinslarni va minerallarni hosil qilgan.

Biosferada geokimyoviy jarayonlar tirik organizmlarning bevosita ishtirokida boʻladi. Natijada turli xil foydali qazilmalar (neft, gaz, toshkoʻmir, ohaktosh, diatomitlar, oltingugurt, gips, fosforit, temir, marganes va b.) hosil boʻlgan. Togʻ jinslarining nurashida ham mikroorganizmlar qatnashadi.

Litosfera, mantiya va Yer yadrosi kimyoviy tarkibi, ularda buladigan kimyoviy, geokimyoviy va geofizik jarayonlariga qarab bir-biridan farklanadi. Yer kurrasining oʻrtacha tarkibini asosan elementlarning davriy sistemasidagi 16 element Gʻye(39,75%), O2(27,71%), Si( 14,58%) va b. tashkil etadi. Boshqa elementlar 0,2—0,5% ga teng.

Kimyoviy elementlarning Yer pusti togʻ jinslaridagi oʻrtacha miqdori (klarki) ni aniqlash foydali qazilmalarni izlab topishda muhim ahamiyatga ega. Baʼzi bir metallar (qoʻrgʻoshin, simob, mis, oltin va b.) juda oz miqdorda boʻlsa ham maʼlum sharoitda bir joyga toʻplanib, konlar hosil qilish xususiyatiga ega. Ayrim elementlar (vismut, reniy, kadmiy va b.) mustaqil ruda koni hosil qilmaydi. Ular volfram, molibden, rux rudalarida aralashma holida uchraydi. Bunday rudalar mexanik birikma va sof element yoki izomorf shaklida boʻladi. Geokimyoviy qonuniyatlarni bilish odamlarning i. ch. amaliyotida, atrof muhitni himoya qilish va qoʻriqlashda ahamiyati muhim. Geografiya fanida ham geokimyoviy yoʻnalish — landshaft geokimyosi rivojlanmoqda. Geokimyo sohasidagi i. t. ishlari xorijda (AQSH, Rossiya, Ukraina) va Oʻzbekistonda Geol. va geofizika in-tida, Geol. va mineral resurslar Davlat qoʻmitasidagi ayrim geokimyo partiyalarida, neft va gaz konlari geol. si va razvedka kilish, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi in-tlarida va oliy oʻquv yurtlaridagi maxsus lab. larda bajarilmoqda. Bu ishlar natijasida Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda polimetall, mis va uran konlari topildi. Jumladan, Oʻzbekistonda Olmaliq, Muruntov, Qushbuloq, Qizil olma va b. konlar. Bu konlarda asosiy elementlar (Ai, Si, Mo) dan tashqari nodir elementlar (Os, Re, Jr, Se, Ta, Tl va b.) qoʻshimcha holda uchraydi.

Qahhor Oʻrinboyev, Stepan Vadalov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x