GEOGRAFIK NOMLAR

GEOGRAFIK NOMLAR, toponimlar — Yer yuzasidagi geografik obyektlarning atoqli nomlari. Toponimlar orasida hududlar nomi — xoronimlar (Osiyo, Movarounnahr, Orol boʻyi), suv — gidronimlar (Orol dengizi, Amudaryo), relyef — oronimlar (Zarkosa togʻi, Kamchik dovoni), aholi turar joylari — oykonimlar (Toshkent sh., Samarkand sh., Goʻzalkent qishlogʻi) va b. nomlar farq qilinadi. Geografik nomlar vujudga kelgan vaqti, qaysi tilga mansubligi, mazmuni va tuzilishiga koʻra bir-biridan fark qilgani holda juda barqarordir. Geografik nomlarda geografik sharoitlar, tarix, til, madaniyat, sivilizatsiya va b. omillar aks etgan boʻladi. Geografik nomlarni toponimika tadqiq qiladi.

Ad.: Hasanov H. H., Yer tili, T., 1977; Hasanov H . H.., Oʻrta Osiyo joy nomlari tarixidan, T., 1965; Qorayev S, Geografik nomlar maʼnosi, T., 1978.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x