GEOGRAFIK KOORDINATALAR

GEOGRAFIK KOORDINATALAR — yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlangich meridian tekisligiga nisbatan oʻlchangan kenglik vauzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari. Astronomik va geodezik Geografik koordinatalar boʻladi. Referens-ellipsoid sirtida geodezik oʻlchashlar natijasida olingan va hisoblangan kenglik va uzunlik geodezik koordinatalar deyiladi. Ular, odatda, V va J harflari bilan belgilanadi. Astronomik koordinatalar oʻsha nuqtalarning referens-ellipsoid sirtida osmon yoritqichlarini kuzatish orqali aniqlangan koordinatalarga aytiladi. Bu koordinatalar shovun chizigʻiga nisbatan olinadi.

Kengliklar meridian boʻylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shim. dagi kengliklar shim., jan. dagilari — jan. kengliklar deb ataladi. Mas, Toshkent sh. 4GZS sh. k. da joylashgan. Uzunliklar boshlangʻich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (sharqiy uzunlik), yoxud gʻarbga (gʻarbiy uzunlik) hisoblanadi. Mas, Samarkand sh. 67° shq. u. da joylashgan. Shuningdek, boshlangʻich meridian 0° dan 180° gacha sharqqa va gʻarbga hisoblashda ham qoʻllaniladi. Ular parallellar boʻylab hisoblanadi. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London chekkasidagi eski Grinvich astronomik rasadxonasidan oʻtuvchi meridian «boshlangʻich meridian», «nolinchi meridian» deb qabul qilingan. Qadimda uzunliklarni oʻlchashda turli joylardan oʻtgan meridianlar — Ferro olari (Kanar olarida), Parij, Berlin, Rim, Nankin rasadxonalari, Rossiya uchun 19-a. gacha Pulkovo rasadxonasidan oʻtgan meridian bosh meridian qilib olingan. Sharkda Oʻrta asrlarda xarita tuzishda Xoʻjand sh. dan oʻtgan meridianni bosh meridian deb qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x