GEOBOTANIKA

GEOBOTANIKA (geo… va botanika) — yer yuzida oʻsimlik jamoalarining muhit bilan bogʻliq holda joylanishini, tarkibini va taqsimlanish qonuniyatlarini Urganadigan fan. U fitotsenologiya, ekologiya va oʻsimliklar geografiyasi boʻlimlardan iborat. Fitotsenologiya tarixiy taraqqiyot jarayonida muayyan tashqi muhitga moslashgan usimliklar tuplamini oʻzaro va muhit b-n chambarchas boglangan holda oʻrganadi. Shunday qilib, tashqi muhit oʻsimlik jamoasiga va oʻz navbatida oʻsimlik jamoasi tashqi muhitga taʼsir koʻrsatadi. Mac, oʻsimliklar tuproqsan ozuqa moddalari va suv olib, oʻsish va rivojlanishga sarflaydi, oʻsimliklarning qurib qolgan qoldiqlari tuproqqa tushib, uni organik moddalarga yoki har xil tuzlarga boyitadi. Jamoani tashkil qilgan usimliklar oʻrtasidagi murakkab bogʻlanishni tashqi muhit (yorugʻlik, namlik, havo, ozuqa moddalar) siz tasavvur etib boʻlmaydi. Oʻsimliklar jamoasi bir tur yoki bir necha tur oʻsimlikdan tarkib topadi va har xil pogʻonalarni hosil qiladi. Buni Oʻzbekiston togʻlaridagi yongʻoqzorlarda ham koʻrish mumkin: yuqoridagi birinchi pogʻonani yongʻoq daraxti, undan pastki ikkinchi pogʻonani olma va doʻlana, uchinchi pogʻonani raʼnogul kabi butalar, pastki toʻrtinchi pogʻonani esa oʻtlar tashkil etadi. Oʻsimliklar jamoasida hukmronlik qiluvchi (koʻp uchrovchi) oʻsimlikka (turga) dominant (ustun turuvchi), boshqa oʻsimliklar (turlar)ga yoʻldosh usimliklar deyiladi. Bir xil dominant va unga yuldosh turlarga ega boʻlgan usimliklar jamoasi assotsiatsiyani hosil qiladi. Turlicha muhitda oʻsadigan, faqat yuldosh turlari bilan farqlanadigan assoiiatsiyalar usimliklar formatsiyasiga birlashadi. Geobotanikaning eng yuqori birligi usimliklar tipi — bir-biriga oʻxshash formatsiyalarni oʻz ichiga oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x