GEMORRAGIK ISITMA

GEMORRAGIK ISITMA — t-ra koʻtarilishi, teri ostiga va ichki aʼzolarga qon quyilishi bilan davom etadigan virusli kasalliklar guruhi. Gemorragik nefrozonefrit, Qrim G. i. si, Omsk G. i. si va b. xillari bor. Kasallik virusi yumronqoziq, dala sichqoni va b. kemiruvchilarda boʻlib, ulardan odamga turli yoʻllar bilan (kemiruvchilar tezagi b-n ifloslangan oziq-ovqat, suv orqali, shuningdek kana chaqqanda) yuqadi. Kasallikning barcha shakllarida kaltirash, isitmalash, bosh ogʻrigʻi, darmon qurishi, terida mayda qon quyilishlar (toshmalar) kuzatiladi: burun, milk qonaydi, ayrim aʼzolar, jumladan buyraklar zararlanadi, shu sababdan bel qattiq ogʻrib, bemorga tinchlik va uyqu bermaydi. Kasallik yengil kechganida bemor isitmalaydi, lekin qon oqishi va buyrak zararlanishi kuzatilmaydi. Kasallikning hamma xilida ham bemor kasalxonada davolanishi lozim. Davo kasallikning belgilariga qarab tayinlanadi, yurak va buyrak faoliyatini maromiga keltiradigan, qon oqishini toʻxtatadigan va b. doridarmonlar buyuriladi. Gemorragik isitmaning oldini olish uchun kemiruvchilarni qirish, oziq-ovqatni jips berk idishda saqlash, kanani yoʻqotish kerak.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x