GEMOFTALM

GEMOFTALM (yun. haima – qon va ophthalmos — koʻz) — koʻz soqqasining ichiga qon quyilishi. G. koʻz shikastlanganda va organizmning umumiy kasalliklari (gipertoniya, qandli diabet, ateroskleroz, buyrak va qon kasalliklari) oqibatida roʻy beradi. Bemor koʻz oldi qorongʻilashib, koʻrmay qolganini sezadi. Koʻzning shishasimon tanasiga quyilgan qon juda ham sekin soʻriladi. Shishasimon tananing xiralashishi, toʻr pardaning koʻchishi, koʻz ichi bosimining ortishi sababli koʻrish oʻtkirligining pasayishi Gemoftalmning asoratlari hisoblanadi. Davo Gemoftalmga sabab boʻlgan kasallikni bartaraf etishdan iborat. Qonning soʻrilishini tezlashtirish uchun fermentlar va biogen stimulyatorlar buyuriladi. Qon butunlay yoki qismai soʻrilishi mumkin, zarur boʻlganda qonning soʻrilmay qolgan qismi jarrohlik usuli bilan olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x