GEMATO-ENSEFALIK BARYER

GEMATO-ENSEFALIK BARYER (gemato… va yun. enkephalos — bosh miya) — orqa miya suyuqligi va miya oʻrtasidagi moddalar almashinuvini tanlab boshqaradigan fiziologik tuzilma, toʻsiq. G-e. b. tarkibiga miya kapillyarlari endoteliysi, neyrogliya elementlari, miya tomirlarining chigallari, miya qobiqlari va b. kiradi. G-e. b. markaziy nerv sistemasini qonga yot moddalar (zaharlar, viruslar va h. k.), shuningdek dori moddalari (mishyak, simob birikmalari) tushishidan himoya qiladi hamda orqa miya suyuqligining tarkibi va xossalarini tartibga solib turadi. G-e. b. faoliyati vegetativ nerv sistemam va ichki sekretsiya bezlari ajratgan mahsulotlar tomonidan boshqariladi. G-e. b. gistogematik baryerlar guruhiga mansub.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x