GELVIN

GELVIN (lot. helvus — kahrabosimon sariq) — mineral; karkasli silikatlar kichik sinfiga kiruvchi berillsilikat. Kimyoviy tarkibi (Mn, Fe, Zn)8 lBeSiOJ,,S2. Tarkibida 13,6% VeO bor. Kub singoniyali. Tetraedr kristallar, shaklsiz zarralar va donalar. Rangi sariq, yashil, qizil qoʻngʻirdan rangsizgacha. Shishasimon yaltiroq, smolaga oʻxshaydi. Qattikligi 6—6,5. S ogʻ. 3,2 — 3,5. Pegmatit tomirlar, greyzenlashgan siyenitlar, granitlar, sulfid minerallariga boy skarnlarda uchraydi. Oʻzbekistonda Chatqol, Qurama (Qoʻrgʻoshinkon), Zirabuloq (Ingichka) togʻlarida bor. Berilliy olinadigan ruda. Xorijda RF (Ural), Qozogʻiston, Norvegiya, AQSH, Ruminiya, Germaniyada topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x