GEMATOMA

GEMATOMA (gemo… va yun. ota — oʻsma) — toʻqima orasiga va tana boʻshliqlariga qon quyilishi. Turli shikastlanishlar, lat yeyish, suyaklar sinishi, chiqishi va b. oqibatida roʻy beradi. Yumshoq toʻqimalar ezilishidan paydo boʻlgan kichikroq Gematoma bir oz shishib, ogʻriydi, oʻsha soha moʻmataloq boʻlib, qontalashadi (q. Qontalash). Oʻz vaktida toʻgʻri davo qilinsa, hech bir nuqsonsiz tuzalib ketadi; asosan shu sohaga orom beriladi, sovuq qilinadi va bogʻlab qoʻyiladi. Hayot uchun muhim aʼzolar (bosh miya, jigar va b.) zararlangan boʻlsa, zudlik bilan vrachga murojaat etish zarur, aks holda ogʻir asoratlarga sabab boʻlishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x