GELMGOLS

GELMGOLS (Helmholtz) German Lyudvig Ferdinand (1821.31.8, Potsdam—1894,8.9, Berlin) — nemis tabiatshunosi. «Kuchning saqlanishi haqida» (1847) asarida birinchi boʻlib energiyaning saqlanish qonunink matematik jihatdan asoslab, bu qonunning umumiyligini koʻrsatgan. Eng kichik taʼsir prinsipini issiqlik, elektr va yorugʻlik hodisal ari ga qoʻllab, bu prin-sipning termodinamikaning ikkinchi qonuni bilan bogʻlanganligini ochib bergan. U birinchi boʻlib hammaga tushunarli shaklda elektrning atom tabiati gʻoyasini ilgari surgan. Gelmgols suyuqliklarning uyurma harakati nazariyasini rivojlantirib, mexanik va elektromagnit jarayonlarni tekshirish uchun bu nazariyaning amaliy qoʻllanishiga doyr bir qancha misollar berdi. U yorugʻlikning elektromagnit nazariyasini va anomal dispersiya nazariyasini taraqqiy ettirgan. Fanga erkin va bogʻlangan energiyalar degan tushunchani kiritgan. Koʻrish va eshitish fiziologiyasiga oid masalalarni ilmiy jihatdan toʻgʻri talqin qilgan. Gelmgols muskullarda issiklik paydo boʻlishini aniqlab, uni hamda nerv impulslarining tarqalishi tezligini oʻlchagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x