GELIOBIOLOGIYA

GELIOBIOLOGIYA (gelio… va biologiya) — biofizikaiint quyosh aktivligining Yer biosferasidagi har xil hodisalar bilan bogʻlanishini oʻrganadigan boʻlimi. Quyosh tirik organizmlarga bevosita (elektromagnit nurlanish, quyoshdagi chaqnashlardan yuqori energiyaga ega boʻlgan protonlar) va bilvosita (Yer ionosferasi, magnitosferasi va atmosferasiga Quyosh radiatsiyasi taʼsiri orqali) taʼsir etishi mumkin. Geliobiologiya ana shu omillarning biologik sistemalar holatiga taʼsiri qonuniyatlarini oʻrganadi, ularni miqaoriy jihatdan taxlil qilib, taʼsir mexanizmini aniqdaydi. Geliobiologiyaga rus olimi A. L. Chijevskiy (1915) asos solgan. Ammo quyosh aktivligining Yerdagi tirik organizmlar hayotiga taʼsirini ungacha shved S. Arrenius va b. ham koʻrsatib oʻtishgan. Taniqli olimlardan M. For, G. Sardu, G. Vallo (Fransiya), M. Takata (Yaponiya), J. Pikkardi (Italiya), N. A. Shuls, V. P. Desyatov (Rossiya) G. ning rivojlanishiga katta hissa qoʻshishdi. Quyosh aktivligi odamlar nerv sistemasining funksional holatiga, ularning kasallanishi va oʻlimiga, oʻsimliklar hosildorligiga, hayvonlar, jumladan zararkunanda hasharotlarning koʻpayish intensivligi, hayvonlar migratsiyasi va b. bir qancha biologik hodisalarga taʼsir etishi toʻgʻrisida dalillar mavjud. Bu hodisalar davriy takrorlanib turishi yoki aperiodik xususiyatga ega boʻlishi mumkin. Bunday hodisalarning namoyon boʻlishi, intensivligi va fazoviy tarqalishi muayyan geliofizik omillarga yaxshi moye keladi. Xususan biologik jarayonlarning aniq takrorlanib turishi quyosh aktivligining 11 yillik va undan koʻproq sikliga hamda quyoshning oʻz oʻqi atrofida aylanishiga bogʻliqligi aniqlangan. Quyoshdagi faol maydonlarning davomiyligi bu maydonlardan tarqalayotgan nurlar taʼsirining davriyligini belgilaydi. Aperiodik oʻzgarishlar, odatda, Quyoshdagi chaqnashlardan keyin paydo boʻladigan geomagnit boʻronlar bilan tushuntiriladi. Geliofizik omillar tiriklikning mavjudligi sharti (fotosintez, biologik ritm va b.) boʻlishi bilan birga biosferada sodir boʻlib turadigan koʻngilsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Geliofizik hodisalarning tabiatini oʻrganish va oldindan tushuntirib berish ekologiya, kosmik biol., tibbiyot va q. x. da katta ahamiyatga ega.

Ad.: Chijevskiy A. L., Vliyaniye solnechnoy aktivnosti na biosferu, M., 1982; Problemы kosmicheskoy biologii, t. 43, M., 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x