GAZPANA

GAZPANA — aholini zaharli gazlar va radioaktiv moddalar taʼsiridan saqlash uchun moʻljallangan maxsus bino yoki inshoot. 1 – va 2-jahon urushi davrida faqat gazdan saqlanishga moʻljallangan. Yadro quroli paydo boʻlgach, havoni zaharlaydigan gazdan boshqa zaharli moddalar ham koʻpaydi. Aholi, uy hayvonlari va parrandalarni shu moddalardan muhofaza qilish uchun maxsus Gazpanalar qurishga ehtiyoj paydo boʻldi. Aholini zaharli moddalar taʼsiridan uzoqroq saqlab turish uchun Gazpana germetiklanishi (havo kirmaydigan qilinishi) va ichida toza havo yetarli boʻlishi shart. Gazpanani germetiklash uchun devorlari va tomlari monolit yoki maxsus konstruksiyalardan quriladi, eshiklari zich qilib yasaladi. Gazpana havosini almashtirib turish uchun filtrlaydigan shamollatish moslamasi qoʻyiladi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x