GAYDN

GAYDN (Haydn) Frans Yozef (1732.31.3, Rorau qishlogʻi, Jan. Avstriya — 1809.31.5, Vena) — Avstriya kompozitori, kapelmeyster, Vena klassik maktabinsht yirik vakili. 24 ta opera, 100 dan ortiq simfoniya, turli cholgʻular uchun 35 konsert, diniy kantata va messalar, fortepiano sonatalari, turli tarkibdagi kamer ansambllar (shu jumladan, 83 torli kvartet) va b. asarlariing muallifi. «Dunyoning yaratilishi» (1798) va «Yil fasllari» (1801) oratoriyalari hamda 1796—1802-y. larda yaratilgan messalar Gaydn ijodining choʻqqisidir. Ayrim asarlari («Kutilmagan uchrashuv» operasi, 1775)da Shark, mavzularini ekzotik tarzda ifoda etgan.

Gaydn oʻz ijodida avstriya, venger, xorvat, italyan va b. xalqlar qoʻshiqlari va raqs kuylaridan keng foydalangan. Asarlariga yorqin va jozibali obrazlarning xilma-xilligi, musiqa tilining soddaligi bilan birga gʻoyaviy butunlik, musiqa rivoji usullarining mukammalligi xos. Gaydn oʻz ijodi bilan simfoniya, kvartet kabi musiqa janrlari, simfonizm musiqa uslubining shakllanishiga katta hissa qoʻshgan. 20-a. da Kyolnda Gaydn instituta tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x