GAVAYI ANTITSIKLONI

GAVAYI ANTITSIKLONI — atmosferaning doimiy taʼsir markazi. Tinch okeanning shim. qismidagi subtropik va tropik kengliklardagi subtropik antitsiklon. Baʼzi sinoptik jarayonlarda ikkita, gohida uchta alohida Gavayi antitsikloni kuzatiladi. Markazi Gavayi o. laridan shimolroqda; tarmogʻi Osiyo sohillari tomon uzoqqa choʻzilgan. Gavayi antitsikloni markazida havo bosimi yanv. da 1022 gPa dan, iyulda 1026 gPa dan yuqori boʻladi. Gavayi antitsikloni koʻrsatilgan hududlarda keng va shiddatli, iliq va kamharakatchan antitsiklonlarning ustivor mavjudligi natijasida vujudga keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x