GASSENDI

GASSENDI (Gassendi) Pyer (1592.22.1, Shantersye – 1655.24.10, Parij) — fransuz faylasufi, matematigi, astronomi. Gassendi sxolastlar qarashlari va ularning Aristotel taʼlimotini soxtalashtirishiga qarshi kurashi hamda Demokrit-Levkipp atomistik qarashlari, Epikur etikasini targʻib qilganligi, materialistik sensualizm mavqeida turib R. Dekartning «tugʻma gʻoyalar» nazariyasini tanqid qilganligi uchun iyezuitlar tomonidan taʼqib etilgan. Gassendi fikricha, fizika — haqiqatga yetish, etika — baxtsaodatga erishish, mantiq — haqiqiy bilimni yanglishishdan farklash yoʻlini koʻrsatadi. Gassendining taʼkidlashicha, boʻshliq va atomlgr — mavjudlik timsoli. Makon va zamon — cheksiz, ular yoʻqlikka yuz tutmaydi. Atomlar xudo tomonidan yaratilgan, ular goyat darajada koʻp, lekin benihoya emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x