Garkert (G‘uzkert)


Post Views:
14

GARKERT, G‘ u z k e r t – o‘rta asrlarda Choch shahri (6–12-asrlar). Arab geograflarining ma’lumotlariga ko‘ra (10-asr), Isfijob yo‘lida Keles daryosining yuqori oqimida joylashgan. Qozig‘urt tog‘i yonbag‘ridagi daryoning so‘l sohilidagi Sharobxona shahar xarobasi o‘rnida bo‘lgan, deb hisoblanadi (G.I.Patsevich).

Yodgorlik to‘g‘ri burchak shaklida, sharqdan g‘arbga cho‘zilgan bo‘lib, ikki balandlikdan: g‘arbiy – mudofaa devori, minora-burjlar va xandaq bilan o‘ralgan ark, shuningdek, nisbatan pastroq bo‘lgan, devor va handaq bilan o‘ralgan sharqiy hududdan iborat. Ularning atrofida istehkomsiz rabod (maydoni 1,2–2 gektar) bor. Qazishma ishlari olib borilmagan. Garkertdan topilgan sopol buyumlar 6–12-asrlarga oid. Garkert Choch vohasi bilan Dashti Qipchoq oralig‘idagi muhim strategik maskan hisoblangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/garkert-g-uzkert/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x