GANDIMIYON SHARTNOMASI

GANDIMIYON SHARTNOMASIRossiya qoʻshinlari 1873-y. bahorida Xivani egallagandan soʻng, 1873-y. 12 avg. da Rossiya bilan Xiva xonligi oʻrtasida (Xiva yaqinidagi Gandimiyon (Gandumkon) qishlogʻidagi xonning yozgi begala) tuzilgan shartnoma. Shartnomaga koʻra, xon rus podshosining vassaliga aylandi va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum etiddi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi yerlar Rossiyaga oʻtdi va u yerda Amudaryo boʻlimi tashkil etilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Boʻlim boshligʻiga Xiva hukumatining faoliyatini kuzatib turish topshirildi. Gandimiyon shartnomasiga binoan rus savdo kemalarining Amudaryoda erkin harakat qilishi uchun imtiyozli huquq berildi. Rus sanoatchi va savdogarlari butun xonlik hududida bojsiz savdo kilish, yer sotib olish, sanoat korxonalarini qurish huquqini oldi. Rus fuqarolarini mahalliy sudlar sud qilolmaydigan boʻldi. Bundan tashqari, xon Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming soʻm tovon toʻlash majburiyatini oldi. Shunday qilib, Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligini Rossiyaning mustamlakasiga aylantirib qoʻydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x