GAN Pavel Viktorovich

GAN Pavel Viktorovich (1894.29.6, hoz. Sebej sh., Rossiyaning Pskov viloyatida — 1967.29.1, Toshkent) — manzarachi rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). 1928-y. da Oʻrta Osiyoga kelib, Samarqandda, 1935-y. dan Toshkentda yashagan. Respublika rassomlik bilim yurtida darc bergan (1936— 57). Asarlarida Oʻzbekistan, xususan Boʻstonliq manzaralari («Chirchiq vodiysida», 1952; «Togʻ oqshomi», «Oqshom», 1956; «Chimyon etagida», 1957) aks ettirilgan. Koʻplab etyudlari, portretlarida mehnat ahlini ulugʻlagan, manzaralarida insonni tabiatning ajralmas qismi sifatida aks ettirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x