GAN Arnold Pavlovich (1928.1.1, hoz. Sebej sh., Rossiya) — monumentalist rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). P. Gannknt oʻgʻli. 1955-y. dan Toshkentda. Respublika rassomlik bilim yurtida dars bergan (1955—62). Oʻzbekistan mahobatli rangtasviri rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Asarlari: Jizzax teatri (Ch. Ahmarov bilan hamkorlikda, 1981), Toshkent metropolitenining Kosmonavtlar bekati (1984), «Turkiston» konsert zali (1994), Ukraina elchixonasidagi «Karpatlar» (1997) devoriy rasmlari, Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi vitraj (1996, A. Axmetshin bilan hamkorlikda) va b. Asarlari chet mamlakatlar xususiy galereyalari, respublika muzeylarida saklanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые