GAMMA-APPARAT

GAMMA-APPARAT, teleradiy apparat — asosan, rak va b. xavfli oʻsmalarni gamma-nurlar bilan davolashda, shuningdek material va buyumlarning nuqsonlarini aniqlashda ishlatiladigan apparat (q. Defektoskopiya). Kalta fokusli va uzun fokusli turlari bor. Kalta fokuslisi 5 sm gacha chuqurlikdagi oʻsmalarga, uzun fokuslisi undan chuqurroqdagi oʻsmalarga nur berish uchun ishlatiladi. G.-a. ning bir oʻq atrofida aylanadigan (rotatsion) yoki oʻzaro perpendikulyar ikki oʻq atrofida siljiydigan (rotatsion-konvergent) xillari boʻladi. Bemorni toʻgʻri yotqizish, nurlar dastasini kasallik oʻchogʻiga gʻuj tushirish uchun apparatning rentgen, optik yoki mexanik markazlovchilaridan foydalaniladi. G.-a. ning baʼzi turlarida ionlash kameralari bor, bular bemor gavdasidan oʻtgan nurlarni oʻlchab turadi. G.-a. oʻrnatilgan binoning devorlari, shipi va eshigi tevarakatrofga gamma-nurlarni oʻtkazmaydigan qilib ishlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x