GALLAT KISLOTA

GALLAT KISLOTA, S7N^O5 — 3,4,5-trioksibenzoat kislota, yorugʻlik taʼsirida qorayadigan rangsiz kristall modda. Mol. m. 170,11; suyuklanish t-rasi 220° (beqaror modifikatsiya), 240° (barqaror modifikatsiya, ajralish b-n). Spirtda, qaynoq suvda yaxshi, sovuq suvda, efirda oz eriydi; uch valentli temir tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, koʻk-qora tusga kiradi. Choy, dub poʻstlogʻi va b. oshlovchi moddali oʻsimliklar tarkibida bor. Tanninlarni fermentlar yordamida parchalab olinadi. Boʻyoq, pirogallol, dori, qora siyoh i. ch. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x