GALISIYA

GALISIYA — Ispaniyaning shim.gʻarbiy qismidagi muxtor viloyat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 29,4 ming km2. Aholisi 3,15 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — La-Korunya. Bosh shahri — Santyago-de-Kompostela. Galisiya tarkibiga La-Korunya, Lugo, Orense, Pontevedra provinsiyalari kiradi.

Galisiyada qadimda galleklar qabilasi yashagan, keyinchalik viloyat ham kabila nomi bilan atalgan. 5-a. boshlarida Galisiyani svevilar, 8-a. boshlarida arablar egalladi. 718-y. da arablar magʻlubiyatga uchragach, Galisiyani Asturiya qirollari oʻzla-riga boʻysundirdilar. Galisiya 1065—72 y. lar-da mustaqil qirollik boʻlgan, 1072-y. da Kastiliyaga qoʻshib yuborilgan. 1936-y. G. da referendum oʻtkazilib muxtor viloyat eʼlon qilindi.

Relyefi togʻlik, bal. 400—600 m, sharqida 1800 m gacha, tor dare vodiylari b-n oʻyilgan. Qirgʻoqlarida qulay tabiiy buxtalar bor. Iqlimi moʻtadil okean iqlimi, yiliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Keng bargli togʻ oʻrmonlari va butazorlar koʻp.

Galisiya asosan agrar viloyat. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Makkajoʻxori, javdar, kartoshka ekiladi. Baliq ovlash va oʻrmonchilik katta ahamiyatga ega. GES koʻp. Kemasozlik rivojlangan (mamlakat kemasozligining 1/2 qismi). Oziq-ovqat (baliq, ayniqsa sardina konservalari i. ch.) sanoati, avtomobil i. ch., neftni qayta ishlash va alyuminiy z-dlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x