GALILEYa

GALILEYa (yun. Galilaia, qad. yahudiycha Galil — viloyat) — Shim. Falastindagi tarixiy viloyat. Dastlabki aholisi xurritlar va xananeylar boʻlgan. Mil. av. 13—12-a. larda isroilliklar bosib olib, oʻrnashib olganlar. Asosiy markazlari — Sepforis, Gisxala, Tiveriada. Xristian anʼanalariga koʻra, Galileya Iso paygʻambarning diniy targʻiboti yuritilgan asosiy joy boʻlgan. Mil. av. 2-a. oxirida Iudeya (Yahudiya)ga qoʻshib olingan. Mil. av. 1-a. va mil. 1-a. da Galileyada Rim bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan yahudiy quldorlik aristokratiyasi va Rim tomonidan tayinlangan podsholar — Irod, Agrippa II va b. ga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x