GALDAN-ChEREN

GALDAN-ChEREN, Galdan-Seren (?1745) — Oyrat xonligining hukmdori (1727—45). 18-a. ning 30-y. larida Xalxa (Shim. Mongoliya) uchun manjurlarning Xitoydagi Sin sulolasi bilan urushlar olib bordi. G.-Ch. ning maqsadi 1691-y. dan beri manjur sulolasi qoʻl ostida boʻlgan Xalxani oʻziga tobe etib mustaqil mongol davlati barpo kilish edi. Ikki tomon oʻrtasida tuzilgan sulh bitimi (1739)ga koʻra, Oltoy togʻlari har ikki davlat oʻrtasida chegara deb tan olindi. G.-Ch. 1740—45 y. l ar da hoz. Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududlariga bostirib kelgan, biroq Fargʻona vodiysida oʻtroq aholining qattiq qarshiligiga duch kelgach, chekinishga majbur boʻlgan. G.-Ch. Qorategin (Tojikiston) orqali oʻtib, hoz. Afgʻonistonning shim. viloyatlarini tala-gan. Sin hukmdorlari G.-Ch. vafotidan soʻng xonliqdagi ichki nizolardan foydalanib, uning yerlariga hujum qiladilar (1755—57) va Amursana boshchiligidagi qoʻzgʻolonni bostirib (1757), Oyrat xonligini tugatadilar. G.-Ch. hukmronligi davrida dehqonchilik, hunarmandchilik (movut toʻqish, metall buyumlar ishlash), savdo-sotiq rivojlandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x