GALAKTIK TOJ

GALAKTIK TOJGalaktika atrofini oʻrab turuvchi koʻrinmas yulduzlar va qora materiyadan iborat qobiq. Dastlabki kosmik nurlarni tekshirib olingan maʼlumotlarga qaraganda yulduzlarda baʼzi elementlar, ayniqsa, litiy, berilliy va bor koʻp. Bu elementlar yadro reaksiyasi natijasida yulduzlarda qisqa muddatda «yonib» tamom boʻladi. Kosmik nurlar tarkibida kalsiy, temir, nikel kabi ogʻir elementlar ularning kosmosdagi oʻrtacha mikdoridan bir necha oʻn baravar ortiq. Litiy, berilliy va borning koʻp boʻlishiga sabab, ogʻir yadrolar (asosan, proton va alfa zarralar)ning yulduzlararo gaz bilan toʻqnashuvidir. Oʻta yangi yulduzlarning chaqnashidan hosil boʻladigan kosmik nurlar va elektronlar Galaktikaning 10-6 — 10»5 e kuchlanishdagi magnit maydoni kuch chiziqlari yoʻnalishida harakat qiladi va Yerga yetib kelguncha Galaktika atrofida milliard yillar aylanib yuradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x