GAGALAR

GAGALAR (Somateria) — gʻozsimonlar turkumining oʻrdaksimonlar oilasiga mansub qushlar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerikada yashaydigan yirik dengiz oʻrdaklari; 4 turi mavjud. Boshi katta, boʻyni qisqa, tumshugʻi keng va kalta. Ogʻirligi 3 kg gacha. Uyasini tundra yoki dengiz oralariga quradi. Koloniyadagi uyalar soni 10 minggacha yetganligi maʼlum. Odatda 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Modasi 24—27 kun tuxum bosadi. Tuxumdan chiqqan bolalari 1,5—2 sutka-dan keyin modasi bilan dengizga tushib ketadi. Oddiy Gagalar (S. mollssima)HHHr yumshoq parlari issiqlik saklash xususiyatiga ega. Har bir uyada 18—20 g toza par boʻladi. Gagalar parlarini yigʻish kadimdan maʼlum. Gagalar tuxumlarini yigʻish, pari uchun koʻplab ovlash natijasida 20-a. boshlarida soni kamayib ketgan edi. Himoya choralari koʻrilishi muno-sabati bilan soni va areali tiklandi. Koʻzoynakli gaga (S. fi scheri), togʻ gagasi (S. spectabilis), kichik yoki sibir gagasi (Polysticta stelleri) koloniya boʻlib koʻpaymaydi. Gagalar dengiz umurtqasizlari, mollyuskalari bilan oziqlanadi. Oddiy gaga (nari va modasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x