GʻUNT

GʻUNT — Tojlkiston Respublikasidagi daryo. Panj daryosining oʻng ir-mogʻi. Uz. 296 km, havzasining mayd. 13,7 ming km2. Sharqiy Pomirdagi Jan. Alichur tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Muzduayreksoy irmogʻi quyilgungacha Gʻurumdi, boshgumbaz daryosi quyilgungacha — Irikyoq, soʻngra Yashilkoʻlgacha Alichur deb ataladi. Koʻldan oqib chiqqandan soʻng Gʻunt deb nom oladi va Rushon hamda Shugʻ-non tizmalari orasidagi tor vodiydan oqadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish joyida (Xorugʻ sh.) 106 m3/sek. Gʻunt boʻyida Xorugʻ GES qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x