GʻUNCHA

GʻUNCHA — oʻsimliklarning gul kur-tagi, yozilganda gulga aylanadi. Gʻuncha oʻsimliklarning oddiy barg kurta-gidan yirikligi va uchining toʻmtoqligi bilan farq qiladi. Gʻunchada gulning barcha qismlari shakllangan. Barg qoʻltigʻidan hosil boʻlgan Gʻuncha (gul boʻrtmasi) oʻsib rivojlanib, to yozilguncha oʻtgan davr gʻunchalash davri deb ataladi. Bu davr oʻsimlik turiga xos asosiy belgi hisoblanadi. Xalq orasida ishlatib kelinayotgan (ayrim oʻsimliklarga nisbatan) shona soʻzi ham aslida gʻuncha mazmunini beradi, shuning uchun gʻunchalash davri shonalash davri deb ham yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x