GʻUMBAK

GʻUMBAK — hasharotlarning toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishidagi bosqich. Gʻumbak oziqlanmaydi, odatda harakatsiz, biroq uning ichida juda chuqur oʻzgarishlar yuz berishi tufayli lichinka organlari qayta shakllanib, yetuk formaimago vujudga keladi. Gʻumbakning 3 xili mavjud: erkin (ochiq), yopiq, yashirin (soxta pillali). Erkin Gʻumbakning oyoq, moʻylov va qanotlari tanasiga yopishmasdan, faqat jips yigʻilib turadi; voyaga yetgan hasharotga oʻxshaydi (mas, qoʻngʻizlar, pardaqanotlilar, toʻrqanotlilar va baʼzi ikkiqanotlilar). Buloqchilar va tuyaboʻyinlarning Gʻumbak lari faol hara-katlanadi. Yopiq Gʻumbakda moʻylov, oyoq va qanotlar tullash bezlari ajratgan suyuqlikdan vujudga kelgan umumiy qoplam — tigʻiz kutikula tufayli tanaga yopishib turadi (koʻpgina kapalaklar, bargxoʻr qoʻngʻizlar va ikkiqanotlilar). Ularning Gʻumbaklari erkin Gʻumbakka nisbatan kam harakat. Ya sh i – r i n Gʻ. da oxirgi tullash terisi tashlanmaydi va undan soxta pilla vujudga kelib, Gʻumbakni qoplab turadi. Bu qoplamdan lichinka koʻrinmaydi (koʻpgina ikkiqanotlilar). Lichin-kaning Gʻumbakka aylanishi odatda pana joylar (tuproq, oʻrmon toʻshamasi, poʻstloq osti, yogʻoch)da, kamdan-kam ochiq yerlar (poʻstloq usti, barg va b.)da yuz beradi.

Gʻumbaklik davri koʻpchilik zararkunandalarning qishlovchi bosqichidir. Profilaktik qarshi kurash tadbirlarini hasharotlarning qishlovchi shakli — Gʻ. ni yoʻq qilish uchun qoʻllash yaxshi samara beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x