GʻUMAY

GʻUMAY — boshoqdoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi silliq, boʻyi 2 m gacha oʻsadi. Barglari choʻziqnashtarsimon, poya uchida koʻp boshokli choʻzinchoq roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Iyul-avg. da gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 2—4 minggacha urug beradi. Urugʻi tangacha qobiqli boʻlib, tuproqda 3—4 yilgacha unuvchanlik qobiliyatini saqlaydi. 30—35° optimal t-rada yaxshi unadi. Iddizpoyasi oq rang boʻtimlarga ajralgan, shoxlanadi, tarvaqaylab oʻsadi, 20—50 sm chuqurlikgacha kirib boradi. Gʻumay issiqsevar, 0° dan past t-rada nobud boʻladi. Ildizpoyasi va urugʻidan qoʻpayadi. Oʻrta Osiyoning sugoriladigan yerlarida keng tarqalgan. Sabzavot va meva ekinzorlarida, ayniqsa, gʻoʻza orasida koʻp uchraydi. Shunintdek, sugʻorish shoxobchalari boʻylarida va b. yerlarda oʻsadi. Gʻumay tarqalgan joylarda hosildorlik 50% gacha kamayadi.

Kurash choralari: ketma-ket 2—3 agrotexnik va kimyoviy (dalapon b-n) tadbirlarni birgalikda qoʻshib olib borish; ildizlarni quritish uchun yozda yerni kesakli qilib shudgorlash; chuqur kuzgi shudgor; ekinlarni oʻz vaqtida chuqur kultivatsiya qilish, yerga beda ekish; Gʻ. ildizlarini terib olish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x